Deputatlar saylovchilar ishonchini oqlamoqda

04.08.2020, 17:40

Deputatlar saylovchilar ishonchini oqlamoqda

Yurtimizda hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida barchani karantin talablariga qat’iy rioya etishga da’vat qilish orqali tibbiyot fidoyilariga yelkadosh bo‘lishda deputatlar ham o‘rnak bo‘lmoqdalar.

Kuni-kecha xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputatlari X.Xojimatov, Z.Ikromov va xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan tumandagi bir nechta tibbiyot muassasalarida o‘rganish tadbirlari amalga oshirildi.

Eng avvalo, qishloq oilaviy poliklinikalaridagi bemorlar uchun tibbiy xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlar, birinchi yordam uchun ajratilgan dori-darmon va tibbiy vositalar, sohadagi mavjud muammolar ko‘rib chiqildi. Deputatlar tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida yurtimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarida zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar, o‘smirlar kasalliklarining oldini olish borasida dolzarb vazifalar amalga oshirilayotganligi, bularning samarali ijrosi esa ko‘p jihatdan tibbiyot xodimlarining bilim va malakasiga bog‘liq ekanligi xususida so‘z yuritildi.

Shu kuni aholining talab va istaklari asosida «Teraktagi» qishlog‘ida tashkil etilgan tuman tez tibbiy yordam bo‘limining Teraktagi shaxobchasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘lik masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ushbu hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati, O’zLiDeP Quva tuman Kengashi raisi X.Xojimatov tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida 15 million so‘mlik mebel jihozlari tibbiyot maskaniga xayriya yordami sifatida olib berildi.

Shuningdek, viloyat Kengashi deputati Zohidjon Ikromov tomonidan Turkrovot, Qorashoh, Pastki Xo‘ja Hasan mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahala faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida aholini qiynab kelayotgan bir qator masalalar muhokama etilib, asosiy e’tibor pandemiya tufayli asosiy daromad manbaini yo‘qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj  aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Pastki Xuja Hasan mahallasi hududidagi 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1976 yilda qurilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilotning orqa devorlari yaroqsiz holatga kelib qolganligi yuzasidan bildirilgan murojaatga asosan deputat Z.Ikromov tomonidan qisqa fursatda 60 metrlik orqa devor zamonaviy ko‘rinishda qaytadan qurib berildi.

Bir suz bilan aytganda, deputatlar saylovchilarning ishonchlarini amaliy ishlari bilan oqlamoqdalar.

Shoxsulton TO’XTAMATOV,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

 matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    499
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+