Prezident qarori bilan chet el fuqarolari uchun to‘lov kontrakt miqdori istisno tariqasida ikki barobarga kamaytiriladi
04.08.2020, 17:44
Ma’lumki, “Agrar ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu, albatta, qishloq xo‘jaligi sohasini yetarli mutaxassislar bilan ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, soha taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘ladi.
Qarorga muvofiq endilikda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddati 1 yil etib belgilangan bo‘lsa, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalar uchun 2 yil etib belgilandi. Bu ham aslida katta imkoniyat. Negaki, endi kelgusida sohaning ishlab chiqarish tizimida faoliyat yuritishni maqsad qilgan talabalar magistraturadagi ikki yillik ta’limni bir yilning o‘zida tamomlaydilar. Bu degani, vaqtdan yutish degani. To‘g‘ri, ilmiy izlanish olib borish, pedagog bo‘lish istagidagi talabalar uchun ikki yillik magistraturaning saqlanib qolishi tabiiy holat. Ular bu davrda ilm sohasida bilim olishlari bilan bir qatorda muayyan zaruriy tajriba ham orttiradilar.
Yana bir muhim jihat qarorda alohida qayd etilgan. Ya’ni, tajriba sinov tariqasida Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan ayni oliygohda ta’lim olish istagidagilar masofa va vaqt, sifat va mablag‘ xususida bosh qotirmasdan, o‘qishga qabul qilinishlari bo‘yicha imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Qaror juda ko‘p imtiyozlarni berdi. Jumladan. xorijiy fuqarolarga ham. Masalan, endilikda mazkur me’yoriy hujjatda qat’iy belgilab qo‘yilishiga ko‘ra, chet el fuqarolari uchun to‘lov kontrakt miqdori istisno tariqasida ikki barobarga kamaytiriladi. Ochig‘i, bunday imtiyoz xali kuzatilmagan.
Bugungi davr sohaga yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni, bugunning dolzarb vazifasi bo‘lgan raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirishni talab qilmoqda. Shuning uchun ham qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” DUK va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “G’o‘za urug‘chiligi markazi” negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi. Ushbu markaz yuqoridagi vazifalarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli.
Begali QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring