O'zLiDeP deputati tomonidan 86 nafar ishsiz fuqaro bandligi ta’minlandi

04.08.2020, 17:48

O'zLiDeP deputati  tomonidan 86 nafar ishsiz fuqaro bandligi ta’minlandi

Koronavirus pandemiyasi davrida infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni bandligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lmoqda.

Shu maqsadda pandemiya davrida Prezidentimiz tomonlaridan qabul qilingan bir qator Farmon va qarorlar tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ayniqsa o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va daromad solig‘ini hisoblashda belgilangan imtiyozlar aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Olimxon Babaxanov bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda. Deputat o‘zi boshqarib kelayotgan “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish hisobiga birgina iyul oyida davomida 86 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Bugungi kunda deputat tomonidan nafaqat ishlab chiqarish korxonalarida, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ham yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Haqiqatdan ham bugungi sinovli kunlarda aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilayotgan har qanday amaliy ishlar koronavirus pandemiyasini bir-tanu bir jon bo‘lib yengib o‘tishimizga xizmat qiladi.

Yulduz Yuldasheva,

O'zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    561
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+