Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etishda O‘zLiDePning roli

16.01.2018, 15:42

Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etishda O‘zLiDePning roli

O‘zLiDeP Xo‘jayli va Chimboy tuman kengashlari “Ayollar qanoti” tomonidan “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish va ularning muammolarini o‘rganish masalalari” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda partiyaning tuman kengashi xodimlari, tuman kengashi deputatlari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi, OTB “Agro bank”, “Xalq bank”, “Mikrokreditbank” tuman filiali xodimlari, “Bir darcha” markazi, mahalla fuqarolar yig‘ini, tadbirkor va va fermer ayollar, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda asosan davlatimiz rahbarining 2017 yilning 22 dekabr kungi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining ahamiyati, bu borada partiya  oldida turgan ustuvor vazifalar, aynan tadbirkorlikni endi boshlamoqchi bo‘lgan qizlarimizni ushbu sohaga yo‘naltirishda ularga amaliy yordamlashish, muammolarini deputatlar orqali tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish,  tadbirkor va fermer ayollar bilan o‘zaro fikr almashish masalalari muhokama etildi.

Ayni paytda joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili deb nomlanishi O‘zLiDeP partiyasi oldiga ham katta mas’uliyat yuklaydi,  – dedi O‘zLiDeP Xo‘jayli tuman kengashi apparat rahbari A.Pazilov. - Qolaversa tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ilgari surilgan yondashuvlar, ikki yilgacha tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirmaslik, ularning faoliyatiga erkinlik berish, yangi innovatsiya kiritishi, ularga yanada qulay sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.      

Bugungi tadbirda mahalla xotin-qizlarining fikr-mulohazalari, takliflari va muammolari o‘rganildi. “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan G.Aytimbetova chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha kredit olish masalasi bilan murojaat qildi. Mazkur masala bo‘yicha “Agro bank” tuman filiali xodimi tez orada o‘z yechimini topishda ko‘maklashishga va’da berdi.

Bundan tashqari “Anarbay bo‘zchi” fermer xo‘jaligi rahbari Sharban Xudoybergenova ham o‘z so‘zida davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qaratilayotgan e’tiborning katta ekanligini ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi miqyosida birinchi marta qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni bayramining keng nishonlanishini alohida e’tirof etdi. Tadbirkorlik yoki fermerlikka qiziqishi bor yoki shu soha bilan shug‘ullanaman degan qizlar uchun  o‘zining ish faoliyati, tajribasidan kelib chiqib, tegishli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdi. Qolaversa, ularga ham huquqiy va amaliy yordam berishini ta’kidladi.

Asem Sirimbetova

                       O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1425
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+