Meva-sabzavot eksportini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmoqda

07.08.2020, 11:07

Meva-sabzavot eksportini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida shu yil 5 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisining navbatdagi "Hukumat soati"da Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevning axboroti eshitildi.

Vazir axborotida jumladan quyidagilarni ta’kidladi:

"Bugungi kunda hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan 941 ming tonna quvvatga ega 2046 ta omborxona mavjud. Shundan 1571 tasi muzlatgichli bo‘lib, 755 ming tonnalik sig‘imga ega. 475 tasi esa 186 ming tonnalik oddiy omborxonalardir.

Joriy yilning I yarmida qiymati 86 mlrd so‘mlik 14,7 ming tonna sig‘imga ega 14 ta loyiha ishga tushirildi.

Yana shu yil oxiriga qadar loyiha qiymati 837 mlrd so‘m bo‘lgan umumiy quvvati 166 ming tonnalik 246 ta muzlatkichli omborxonalar tashkil etiladi va 1,9 ming ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Buning natijasida joriy yil oxiriga kelib, jami meva-sabzavot mahsulotlarining saqlash quvvatlarining umumiy quvvatini 1,1 mln tonnaga yetkazish choralari ko‘riladi.

Ushbu saqlash quvvatlaridan bir yilda kamida ikki marta foydalanish orqali 1,9 mln tonna (8 foiz) mahsulotni saqlash imkoniyati mavjud.
Biroq, bugungi kunda ushbu quvvatdan bir mavsum davomida 350-400 ming tonna mahsulot uchun, ya’ni 30-40 foizidangina foydalanib kelinmoqda. Meva-sabzavot mahsulotlarini tizimli saqlash va eksport qilish mexanizmi ham yaxshi shakllanmagan.

Shundan kelib chiqib, vazirlik tomonidan sovutgichli va saqlov omborxonalari tizimini raqamlashtirish, shuningdek, omborxonlardan samarali foydalanish bo‘yicha (ya’ni, sotuvchi ↔️ saqlovchi → eksportyor ↔️ xaridor → iste’molchilar o‘rtasida) onlayn platformasini yaratish bo‘yicha ish tashkil etilmoqda.

Ushbu tizim mahsulot yetishtiruvchi, saqlovchi va eksport qiluvchi tadbirkorlar integratsiyasi va onlayn rejimda respublikaning barcha hududlarida mavjud omborxonalar, ularda saqlanayotgan mahsulotlar haqida kerakli ma’lumotlarni olishda muhim manba bo‘ladi".
Darhaqiqat, mamlakatimiz fermerlari, dehqonlari, tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavotlarni eksport qilishning bunday zamonaviy tizimi qishloq aholisining daromadi va manfaatdorligi oshishiga xizmat qiladi.

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o‘rinbosari,

O'zLiDeP fraksiyasi rahbari

  • Ko'rildi
    515
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+