Intensiv bog‘ maydonlarini yaratish, kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltiriladi

07.08.2020, 14:03

Intensiv bog‘ maydonlarini yaratish, kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltiriladi

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koronavirusni yengishga, xalqni rozi qilishga, inson manfaatlarini ulug‘lashga, ayni mashaqqatli vaziyatda aholini pandemiyadan talofotsiz olib chiqishga qaratilgan. Ayniqsa, agrar sohada bu borada amaliy va xayrli ishlar ko‘lami kengaygan. Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yil 6 avgust kuni Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangani zamirida ham sohadagi islohotlarda tub mohiyatni oshirishga xizmat qildi.

Albatta, tarmoqqa ajratilayotgan investitsiyalardan barcha joylarda birdek foydalanish yo‘lga qo‘yilgan, deb bo‘lmaydi. Ma’lumki, shu yil 23 iyul kungi videoselektor yig‘ilishda davlatimiz rahbari mazkur yo‘nalishdagi investitsiyalardan to‘g‘ri foydalanish, yuqori natija beradigan loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Kuni kecha bo‘lish o‘tgan yig‘ilishda esa Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Masalan, ajratilgan mablag‘ning 70 million dollari ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etishga yo‘naltirilishi belgilanganini alohida qayd etish joiz. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun 10 million dollar ajratildi. Endilikda bu tizim yo‘lga qo‘yilgach, yerlarning hosildorligi, tuproq tarkibi tahlil, zarur mineral o‘g‘itlar turi va miqdori, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lamiz.

Intensiv bog‘ maydonlarini yaratish, kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirilishi qayd etildi. Boshqa viloyatlar qatori Namangan viloyatida ham 300 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan. Oldimizdagi vazifalardan biri ana shunday bog‘lar barpo etish uchun kerakli maydonlarni ajratilishini tez sur’atlarda amalga oshirish.

Prezidentimiz joriy yil iyun oyida Namangan viloyatiga  tashrifi chog‘ida soha taraqqiyotiga ham alohida  to‘xtalib, Chortoq tumanidagi foydalanilmay yotgan 3 ming gektar yerni o‘zlashtirish va tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarni joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarini bergan edilar. Shundan kelib chiqib, ayni hududda ham intensiv bog‘lar barpo qilish choralarini o‘ylab ko‘rish kerak.

Shu o‘rinda Przedinetimiz haq gapni aytdilar. Olinayotgan bir dollarni uch dollarga aylantirish choralarini ko‘rish zarur. Yangi tashabbuslarni, investitsiya loyihalarini tez sur’atda amalga oshirish evaziga daromad olishni ham jadallashtirish lozim.

Barnoxon MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+