Deputat: “Iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxlarini pasaytirish lozim”

09.08.2020, 15:55

Deputat: “Iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxlarini pasaytirish lozim”

Hammamizga ma’lumki, yurtimizda karantin davrida  iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan  zarur chora-tadbirlar belgilab berilishiga qaramasdan ming afsuski, pandemiya holati jiddiy davom etmoqda. Ayniqsa, bu holat fuqarolarimiz daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kishini tashvishlantiradi. Ushbu sinovli kunlarda xalqimiz ham ma’naviy, ham iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga har qachongidanda muhtojdir.  

OTMlarda bu yilgi o‘quv jarayonlari yurtimizda epidimiologik vaziyat barqarorlashguncha katta ehtimol bilan masofaviy usulda olib borilishi rejalashtirilmoqda.  Ta’lim berish masofaviy bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ta’lim muassasalaridagi xarajatlar ham bir muncha kamayishi tayin.

Bundan tashqari bugungi kundagi pandemiya vaqtida barcha oilalarda bo‘layotgan iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxlarini ham pasaytirish lozim. Ta’lim online shaklda olib borilsa, talabalar va ularning ota-onalariga internet to‘lovlari ham albatta qo‘shimcha xarajat hisoblanadi. To‘g‘ri online shaklda ta’lim olish talabalar uchun yo‘l kira xarajatlari, viloyatlardan kelib Toshkent shahrida va viloyat markazlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun yotoq, turar-joy xarajatlari tejalishiga olib keladi. Lekin hozirgi vaziyatni hisobga oladigan bo‘lsak,  bu tejamkorlik yetarli emas. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda OTM larda kontrakt to‘lovlarini kamaytirish yoki karantin o‘tgunga qadar imtiyozli vaqt berish lozim.

Prezidentimiz  qaroriga muvofiq, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olinganlarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

- davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;

- maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash;

- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;

- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;

- ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;

- san’at maktablari, musiqa maktablari, "Barkamol avlod" markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;

- kam ta’minlangan oilalarning nogiron a’zolarini protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash;

- ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish kabilar belgilandi.

Bu qaror xalqimizga davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilgan yana bir g‘amxo‘rlik, albatta. Buni xalqimiz minnatdorlik va shukronalik bilan qabul qilishmoqda.  Katta umid bilan aytamizki, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini ham OTM larida to‘lanadigan kontrakt-to‘lovlaridan ozod qilinsa, bu ularga  berilgan katta ishonch va imkoniyat bo‘lardi.  Ikki yoki undan ortiq farzandlari to‘lov - kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarimiz bor.  Xuddi shunday oila farzandlari uchun ham kontrakt to‘lovlariga chegirmalar qilib berilsa, qanchadan-qancha oilalarning mushkuli oson bo‘lardi. Yoki farzandi super-kontraktda tahsil olayotgan va bugungi kunda pandemiya tufayli daromadidan ayrilgan oilalarga ko‘mak va imtiyozlar joriy etilsa, xalqimizning og‘iri yengib bo‘lib, erkin nafas olardi.  Chunki  hozirgi pandemiya sharoitda o‘g‘il-qizlarimizni ilmli, hunarli bo‘lish uchun qancha ko‘p imkoniyat hamda sharoit yaratib bera olsak, yurtimiz kelajagi va taraqqiyotiga shuncha ko‘p hissa qo‘shgan bo‘lamiz.  Zero, bugungi talabalar ertangi olimlar, shoirlar, rahbarlar yoki vazirlar ekanini unutmasligimiz lozim.

Shahnoza Xolmaxamatova,

 Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    550
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Роза2021-01-07 23:59:17

Шанозахонинг бу таклифини укиб. Йиглаб юбордим 2углим контракт асосида укийди эрим 3 йилдан уйга келмай россияда ишлайди .Россияда мазаси булмай контракт пулини тулашимиз кийин булди катта углим академик татил олиб россияга кетди уша ерда унг кулининг бош бармогидан айрилди канча вакт даволанган углим ёшлигидан тайёрлов курсларида укиган урганчда 2академик лицейда укиган хозир урдуда укийди .Шу кулига каролмайман узимни кечиролмайман россияга кетгиси келмай куп ерда ишлаб курди булмади насибаси шу экан юбормаслик учун узим канча ерга бордим иш топмадим агар давлат биздак кийналганларни тушунса боламни жони огримас эди .1ой булди россиядан келди уз мутахассислиги буйича иш берсалар дегандим Шахноза сиздан илтимос сиз приздентга мендан якиндасиз мендай хеч бир онанинг дили огримасин оддий дехкон оиласига 2контракт тулаш осон эмас болаларим кунгли огримасин укисин деймиз Лекин окибат нима ортирдим узим касал эрим россияда куп касалланади углим бармогидан айрилди холимизни сурайдиган ким бор приздентдан сиздан илтимос озгина этибор сурайман


Суннатилло2020-08-10 21:51:16

Haqiqatdan ham pandemiya davrida karanten cheklovlari koʻp oilalarni daromadi kamayishiga sabab boʻldi bu oliy oʻquv yurtlari talabalari toʻlov kontrakt narxlarini pasaytirishiga bir sabab boʻlsa yana bir sabab oliy oʻquv yurtlari onlayn taʼlimga oʻtish sabab koʻpgina harajatlari qisqarishi oʻz -oʻzidan sodir boʻladi bu esa ikkinchi asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ushbu yuqoridagi ikki muhim sababga koʻra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmaxamatovaning taklifi juda oʻrinli dib bilaman.Haqiqatdan ham pandemiya davrida karanten cheklovlari koʻp oilalarni daromadi kamayishiga sabab boʻldi bu oliy oʻquv yurtlari talabalari toʻlov kontrakt narxlarini pasaytirishiga bir sabab boʻlsa yana bir sabab oliy oʻquv yurtlari onlayn taʼlimga oʻtish sabab koʻpgina harajatlari qisqarishi oʻz -oʻzidan sodir boʻladi bu esa ikkinchi asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ushbu yuqoridagi ikki muhim sababga koʻra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmaxamatovaning taklifi juda oʻrinli dib bilaman.


Гулноза2020-08-10 06:16:15

Албатта бу энг тугри фикр деб уйлайман хозирги шароитда контракт туловларини 50 фоизга тушуришса максадга мувофик буларди олий таълим укитувчилари хам сал камрок ойлик олиб туришса хеч нима булмайди ахир 500 минг ойлик га ишлаб юрган оилалар бор улар контракт пулларини кандай килиб тулашади оддий халкга кийин булди институт домлалари контракт пуллари эвазига ойлик олишади амма улар оладиган ойлик микдори жуда хам баланд тугрисини айтсам айрим институтларда бериладиган таълим коникарли эмас


Fikringizni qoldiring

+