Deputat 36 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi
10.08.2020, 16:11

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa butun dunyoni tashvishga solayotgan virusdan odamlarimizni asrash, undan talofatlarsiz chiqishdir.
Ayni paytda partiyaning elektorati bo‘lgan tadbirkor va fermerlarimiz ham bugungi murakkab bir vaziyatda kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj boquvchisini yo‘qotgan oilalarga saxovat ko‘rsatishda chetda turgani yo‘q.
Jumladan, Qonliko‘l tumanidagi "Kanteks Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Quandыq Yeshmuratov ham tumandagi pandemiya davrida qiyin ahvolga tushib qolgan ishsiz, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini bepul tarqatishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.
- Bugun ham tadbirkor ushbu xayrli ishini davom ettirdi. "Qonliko‘l" ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan ehtiyojmand 36 ta oilaga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bepul tarqatildi. Biz deputat va tadbirkorlar doim xalq bilan birgamiz, - deydi tadbirkor Q.Yeshmuratov. - Bugungi murakkab bir vaziyatda bir-birimizga yelkadosh bo‘lib, yakdillik va hamjihatlikda bu sinovli kunlarni ham birdamlikda yengib o‘tamiz.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxda mutasaddilar maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha deputatlarga hisobot berdi
12.10.2020, 15:32
-
Buxoroda yoshlarning ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda
11.10.2020, 06:01
-
Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarga o‘zaro bog‘liqdir
25.09.2020, 15:56
-
O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi
15.09.2020, 15:32
-
O’zLiDeP deputati boshqarayotgan korxona mahsulotlari 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda
15.09.2020, 15:26
Fikringizni qoldiring