BPT safi tomorqachilar hisobiga kengayib bormoqda

10.08.2020, 16:15

BPT safi tomorqachilar hisobiga kengayib bormoqda

Qarshi tumanidagi “Xudoyzod” mahalla fuqarolar yig‘inida ochilgan O`zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari erta bahorda  tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan aholiga foydali tavsiya va tushuntirish ishlarini olib borishgan edi.

Bugun ana shu say’-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Mahalladagi mavjud 796 xonadon egalarining hammasi o‘z tomorqalarida turli ko‘katlar, kartoshka, pomidor, bodring, karam, sholg‘om, turp va boshqa ekinlardan yaxshigina hosil olib, Qarshi shahri bozorlarini to‘kin qilishmoqda. 

-Boshlang‘ich partiya tashkilotimizning hozircha 15 nafar a’zosi bo‘lsa, ana shu partiya faollarining o‘zlari tomorqachilikda ibrat ko‘rsatishayapti,- deydi mahalladagi BPT raisi Xadicha Eshonqulova. - Eng quvonarlisi, mahallamiz Qarshi shahrida tomorqadan eng samarali foydalanayotgan hudud sifatida tan olingan. Mahallamizda 8-10 sotix joydan 20-25 million so‘mdan oshirib daromad olayotgan tomorqachilarimiz ham bor. Ana shunday xonadon sohiblaridan biri -  Po‘latoy Pardayeva tomorqachilikning orqasidan to‘y qildi, farzandlarini o‘qitdi, uy-joyini yaxshilab oldi.

Partiya faollarining sa’y-harakati bilan mahallada tadbirkorlik keng quloch yoymoqda. Issiqxona qurayotgan, parrandachilikni rivojlantirayotgan va qurilish materiallari ishlab chiqarayotgan yosh yigit-qizlar partiya saflarini to‘ldirish istagini bildirishmoqda. Do‘stmurod Majidov, Nargiza Toshpo‘latova, Xurshida Ibodova va To‘lqin Saidov kabi yosh tadbirkorlar o‘zlari ochgan biznes sub’ektlariga 5 nafar tengdoshini ish bilan band etishgan. 

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    541
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+