Farmon ijrosi sifatida Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar o‘zlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etilgan

10.08.2020, 17:21

Farmon ijrosi sifatida Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar o‘zlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etilgan

Ma’lumki, keyingi yillarda agrar sohada tub islohtlar amalga oshirilmoqda. Soha mutasaddilardan o‘z ishiiga mas’uliyatni davrning o‘ziq har qachongidan ko‘proq talab qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi rahbarlarining hisobotini tinglaganimiz ham ayni fikrimiz isbotidir. Albatta, unda birinchi e’tiborni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosi yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlarga qaratdik.

Farmon bilan ayni kunda qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida esa 2019-2030 yillarda qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan jami 1,1 million gektar, shundan, 2019-2024 yillarda 298,5 ming gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish rejalashtirilgandi.

Bu borada Namangan viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019 yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Mazkur tadbir yuzasidan qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 dekabrda “Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bugun yerlarning o‘zlashtirilishida, tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilinishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Masalan, POP viloyatning hududi jihatdan eng katta tumani. Mazkur tumandagi unumsiz tshloq yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Unga asosan, hududdagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar o‘zlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etildi. Qirq yillar davomida foydalanishsiz yotgan ushbu yerlarda intensiv bog‘ yaratishda suvni tejaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi qo‘llanilgan. Ushbu mexanizmni klasterning o‘zi yaratgan bo‘lib, 50 foiz mablag‘ni tejash imkonini beradi. Buning uchun 180 metr chuqurlikdan suv chiqariladigan 4 ta quduq qazilgan, tortib olingan suv shu yerda to‘planadi.to‘liq kompyuterlashgan tizim chanqagan yerlarga avtomatik tarzda suvni yuboradi.

 Mana, mazkur Farmonning ijrosi joylarda qanday amalga oshirilyapti? Demak, ko‘rinadiki, soha mutaxassislari befarq emas. Ayniqsa, foydalanishsiz turgan shunday yerlarda suvni tejash orqali intensiv bog‘lar yaratish, daromad olish orqali kambag‘allikni kamaytirish kabi dolzarb masalalar yechimiga erishilayotir.

Barnoxon MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zosi

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Иброхим Адхам2020-08-10 20:49:01

Аслида тўғри қарор лекин . Бугун атиги юз гектар ер ўзлаштирилган . У хам қишда хар бир фермердан йигирма литрдан солярка олиниб ва Арт софт текс кластер техникалари хисобига бўлди . Номи УЛУҒ сурпаси қуруқ бу машинникни бошқа жойларда унумдор ерларда боғи бор . Уни хоким сотган порахўр ва ифлос хоким


Fikringizni qoldiring

+