O'zLiDeP faoli 100 dona kislorodli konsentratorlarni xayriya qildi

11.08.2020, 16:21

O'zLiDeP faoli 100 dona kislorodli konsentratorlarni  xayriya qildi

“Parvoz Humo Ravnaq Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi, Senator, O'zLiDeP faoli Nurmuhammad Ochilov Buxoroda birinchilardan bo‘lib viloyat sog‘liqni saqlash tizimiga 100 dona kislorodli konsentratorlarni olib berdi.

— Ko‘rib turibmizki, hozir xalqimiz juda og‘ir kunlarni boshidan kechirayapti. Shifokorlarning aytishicha, pandemiya davrida har bir bemorni davolash uchun kislorodga ehtiyoj keskin ortadi. Biz shuni inoabatga olib, Xitoydan 100 dona kislorodli konsentratorlar olib keldik. Konsentratorlarni kasalxonalarga bepul beramiz. Istagimiz, infeksiyaga chalingan yurtdoshlarimiz tezroq tuzalsin. Oilasi bag‘riga qaytsin, – deydi Nurmuhammad Ochilov.

Shu o‘rinda aytish joizki, “Parvoz Humo Ravnaq Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati homiyligida keltirilgan kislorodli konsentratorlarning 25 tasi G’ijduvon, 25 tasi Olot, 25 tasi Jondor tuman tibbiyot birlashmasiga, 5 tadan Vobkent va Shofirkon tuman tibbiyot birlashmalariga, 10 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham 5 tasi Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazildi.

Bu ezgu ishi bilan senator ko‘pchilik tadbirkorlarga o‘rnak bo‘ldi. O’ylaymizki, respublikamizdagi barcha yirik tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari ana shunday savobli amallarni bajaradilar. Xalq, yurt boshiga tushgan sinovli kunlarda vatandoshlarini sog‘ligini asrashda o‘z homiylik yordamlarini ayamaydilar. Bir tanu bir jon bo‘lib, koronavirusni yengamiz. Lekin bu uchun homiylik yordamlari kamlik qiladi. Barchamiz shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni ham unutmasligimiz lozim.

  • Ko'rildi
    575
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+