“Prezidentimiz Murojaatnomasida iqtisodiyotni rivojlantirish masalasiga alohida urg‘u berilgan”, deyishmoqda o‘quv-seminar ishtirokchilari

16.01.2018, 16:48

“Prezidentimiz Murojaatnomasida iqtisodiyotni rivojlantirish masalasiga alohida urg‘u berilgan”, deyishmoqda o‘quv-seminar ishtirokchilari

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi tashabbusi bilan hafta davomida partiya tuman Kengashlarida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiquvchi O`zLiDePning hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarlarda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun - mohiyati va unda ilgari surilgan g‘oyalar haqida keng ma’lumot berildi. Xususan, barcha  seminarlarda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish shuningdek, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

– Seminarlarda Prezidentimizning Murojatnomasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, partimiz oldida  turgan ulkan maqsad va vazifalarni belgilab oldik. Xususan, biz deputatlar ish faoliyatimizni yangicha ruhda tashkil etish asosida bundan keyin ham xalq bilan yanada yaqinroq munosabat o‘rnatish ularning dard-u tashvishini o‘rgangan holda mavjud muammolarni hal qilib borish  kabi  maqsadlarni belgilab oldik – deydi O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlik guruhi rahbari Dilbar Suvonova.

Bo‘lib o‘tgan barcha seminarlar  natijasida  kelgusida  aholi bilan keng muloqotni yo‘lga qo‘yish, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarimizni muammo va takliflar yuzasidan mahalliy Kengashlardagi  deputatlar orqali ularga amaliy yordam berish, shuningdek, tadbirkorlik va femerlik sohasidagi bildirilgan taklif va mulohazalarini hududiy Kengash sessiyalarida muhokama qilish  asosida hal etib borish kabi vazifalar belgilab olindi.

  

Murod EShNAZAROV

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+