O'zLiDeP deputati 48 nafar yoshni ishga joylashtirib, 30 nafar nogironga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi

17.08.2020, 11:14

O'zLiDeP deputati 48 nafar yoshni ishga joylashtirib, 30 nafar nogironga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi

O'zLiDeP Buxoro shahar Kengashi deputati, “Shoxrud” AJ ta’sischisi Nodir Xamdamov Buxoro shahridagi M. Torobiy, B. Naqshband va A. Sifatmuniy MFYlari hududida, 30 ta xonadonda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.

—Oilada 8 kishimiz, — deydi Buxoro shahar, A. Somiy ko‘chasida yashovchi otaxon Shirin Hafizulin. – Men va ayolim Muborak Ibragimova pensiya olamiz, xolos. Oilaning moddiy tomoni shu nafaqalarga qarab qolgan. Rafiqam ham kasalmand. O‘zim esa ikkinchi guruh nogironiman. Mana, hassaqo‘ltiqda arang yuraman. Afg‘on urushida ham qatnashganman. Ana shu deputat — Nodirjon har oy mening holimdan xabar oladi. Albatta, quruq qo‘l bilan kelmaydi. Bugun ham oziq-ovqat mahsulotlari keltirib berdi. Umridan baraka topsin. “Nima kamchilik?” deb so‘rashining o‘zidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi.

Shu hududda yashovchi yana bir otaxon Bahodir Rajabov 5 yildan buyon dard bilan olishadi. Uning turmush o‘rtog‘i ham kasalmand. Ular xonadonlarida ikkalalarigina yashashadi, xolos. Bu oila ham Nodir Xamdamovni uzundan-uzoq duo qildi.

Deputat va tadbirkor N. Xamdamov shu kecha-kunduzning muammolaridan biri bo‘lmish bandlikni ta’minlash masalasidagi ishlari bilan ham ham ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ldi. U o‘zi boshqarayotgan “Shoxrud” AJga qarashli antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotga 48 nafar yoshni ishga joylashtirdi. Ularning 30 nafari u saylangan saylov okrugida istiqomat qiladi.

— Avvallari turli tashkilotlarda mavsumiy mehnat qilganman. Ammo uzoq vaqtdan buyon ishsiz edim. Ikki farzandim bor. Oilamning moddiy ta’minotida hissam qo‘shilishi uchun doimiy ishga joylashganimdan xursandman, — deydi Fatxobod ko‘chasida yashovchi yoshlardan biri Surayyo Jo‘rayeva. — Sharoitlar bilan tanishdim. Menga ma’qul keldi. Asosiysi, maoshlarimiz o‘z vaqtida berilar ekan. Bu esa turli kreditlar olish imkonini ham beradi-da. 

Obid QO‘LDOShOV,

O'zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    499
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+