Partiya tuzilmalari tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlarga tahliliy-tanqidiy baho berildi
18.08.2020, 10:03

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Onlay tarzda tashkil etilgan yig‘ilishda O’zLiDeP Saylovoldi dasturi va 2020 yilga mo‘ljallangan Harakat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi, partiya tuzilmalari xamda partiyadan saylangan deputatlik korpusi oldida turgan dolzarb vazifalar kun tartibidagi birinchi masala sifatida atroflicha muhokama qilindi.
Partiya tuzilmalari tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlarga tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan yondashilib, barcha vazifalar, ishlar ko‘lami avvalo mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasi doirasida berilgan muhim topshiriqlar asosida tashkil etilganligi ta’kidlandi.
Qilingan ishlar birma-bir aytilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ro‘y-rost aytildi. Kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib ularni aniq reja va dasturlar asosida bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
O'xshash yangiliklar
-
O`zLiDeP Prezidentimizning BMT sessiyasidagi nutqidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar rejasini belgilab oldi
26.09.2020, 15:45
-
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi
18.08.2020, 11:03
-
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
18.08.2020, 09:56
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
15.01.2020, 16:10
-
O‘zLiDePning Prezidentimiz Murojaatnomasidan kelib chiquvchi ustuvor vazifalari muhokama qilindi
08.01.2019, 17:59
Fikringizni qoldiring