O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi

18.08.2020, 11:03

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan partiya tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalar ham qizg‘in muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar partiyaning hududiy va har bir tuman Kengashlari Respublika maxsus komissiyasi qaroridan kelib chiqqan holda aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilish, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslik bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish, “Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz” shiori ostida ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Bu borada ayniqsa, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolarining viloyat, tuman, shahar va aholi punktlari bo‘yicha karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borishdagi faol ishtirokini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Qizg‘in muhokama va partiya oldida turgan muhim vaziflarni belgilab bergan yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    662
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+