“Bahor” mahallasidagi zovur bilan bog‘liq muammo hal etiladimi?

19.08.2020, 10:42

 “Bahor” mahallasidagi zovur bilan bog‘liq muammo hal etiladimi?

O‘zLiDePdan saylangan Farg‘ona shahar Kengashi deputati Sherzodbek Islambekov saylovchilar bilan muloqot olib bordi. Deputatdan fuqarolar “Bahor” MFY hududidagi zovurni tozalash ishlarida amaliy yordam so‘radi.

Sh.Islambekov shu kuniyoq Sirdaryo-So‘x irrigatsiya boshqarmasi hamda  Farg‘ona Suv xo‘jaligi Davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda amaliy ishga kirishdi.

– Zax va sho‘rni yuvish tomorkadan unumli foydalanishning bosh omilidir, – deydi deputat. – Shuningdek, bu hududdagi fermerlarning ham yerlardan yuqori hosil olish imkonini beradi.

Deputat hozirda 4200 metr zovurni tozalash ishlari boshlab yuborilganini aytib, ishlar qizg‘in davom etmayotganini ma’lum qildi.

Shohsulton TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot  kotibi

  • Ko'rildi
    881
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+