45 nafar yoshning bandligi ta’minlandi

20.08.2020, 16:45

45 nafar yoshning bandligi ta’minlandi

Aholini un va un mahsuloti bilan ta’minlashni maqsad qilgan O`zLiDeP partiyasi Sho‘rchi tuman Kengashi faoli Rustamjon Nurillayevning zamonaviy texnologiyalar yordamida un ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan majmua tashkil qilish borasidagi taklifi tuman hokimiga juda ma’qul keldi. Shu zahoti tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tayyorlandi. Tijorat bankidan olingan 1 milliard 122 million so‘mlik kredit evaziga faoliyat boshlagan korxonada 45 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi. “Agrofirma Sho‘rchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 18 ming tonnadan 20 ming tonnagacha un va un mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

- “Agrofirma Sho‘rchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizidagi non ishlab chiqarish klasterimiz faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar uchun 4 millard 590 million so‘m sarfladik. Bu summaning 1 milliard 122 million so‘mi “Ipotekabank” krediti hisobidan, — deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Rustamjon Nurillayev. — Hozirda “Uyg‘un” va “Kushon” brendi bilan bir oyda 1350 tonna un, 450 tonna omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqarayapmiz. Qo‘shimcha faoliyatni rivojlantirish uchun esa non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan Turkiya davlatining “Birlik-digirman” firmasidan 550 million so‘mlik zamonaviy texnologiya olib keldik. Bu texnologiya kuniga 2,5 ming dona qolipli non va 500-800 kilogramgacha qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yaqin kunlarda non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlasak, yana 10 nafar xotin-qiz doimiy ish joyiga ega bo‘lishadi.

Darvoqe, yaqindagina ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan “Uyg‘un” va “Kushon” un va un mahsulotlari o‘zining sifatliligi bilan o‘z xaridorlarini topdi.

O‘ktam QORABOYEV,

O'zLiDeP Sho‘rchi tuman

Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    645
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+