“Mili tekstil Sirdaryo” MChJ faoliyati bilan tanishildi

20.08.2020, 16:48

“Mili tekstil Sirdaryo” MChJ faoliyati bilan tanishildi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi hamda Guliston shahar Kengashi hamkorligida  mustaqilligimizning 29 yilligi oldidan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu shior ostida o‘tkazilayotgan  tadbirlarda ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, tinch va osoyishta hayotimizga shukronalik hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Mili tekstil Sirdaryo” MChJ da karantin qoidalariga rioya qilingan holda bo‘lib o‘tgan ana shunday  tadbirda korxona rahbariyati, ishchi - xizmatchilari va BPT a’zolari qatnashdi.

“Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mustaqilligimizning 29 yilligi keng nishonlanadigan yilda qurib bitkazilgan mazkur korxonada 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. “Mili tekstil Sirdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati 33 million AQSh dollari, shundan 16 million 500 ming AQSh dollari “Milliy bank” kredit mablag‘lari hisobiga barpo etildi. Korxona asosini tashkil qiluvchi yoshlar yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitilib tayyorlandi.

Korxona 5 ta sexdan iborat bo‘lib ishchi-xizmatchilar paxta titish, paxtani butlash, piliklash, kalava ipni halqalash va yigirish hamda ipni o‘rash sexlarida faoliyat olib borishmoqda. Bu yerga o‘rnatilgan eng zamonaviy uskunalar Germaniyaning “Trusler” kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

 Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bugungi kunda Xitoy hamda Turkiya davlatlariga eksport qilinishi ta’minlangan.

Bayram munosabati bilan so‘zga chiqqanlar Guliston shahrida ham tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari hajmlarini oshirish va turlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida korxonaning faol ishchi-xizmatchilariga O`zLiDeP Cirdaryo viloyat Kengashining tashakkurnomasi topshirildi.

Shuningdek, “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri viloyat tovar xom ashyo birjasida ham bo‘lib o‘tdi .Tadbir asnosida yangi 22 nafar xodimlar  partiya a’zoligiga qabul qilindi va BPT tashkil etildi.

Sayxunobod tumanida Axborot kutubxona markazi hamda tuman irrigatsiya bo‘limida tashkil etilgan ushbu mavzudagi targ‘ibot tadbiri  ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bu yerda ham bir guruh faol partiya a’zolari Kengashning tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

Husanxon  Jabborov,

O`zLiDeP Cirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1648
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+