Kollej bitiruvchilari yosh tadbirkorlar safida

17.01.2018, 11:29

Kollej bitiruvchilari yosh tadbirkorlar safida

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois yurtimizda ishbilarmon va tadbirkor yigit-qizlar safi kengayib bormoqda.

O‘zLiDeP Paxtachi tumani Kengashi tomonidan tumandagi “DON” korxonasida tadbirkorlar, fermerlar soha mutaxascislari ishtirokida “Yoshlarni tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilish ularni bandligini ta’minlashda muhim omildir” nomli ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda tadbirkorlarning samarali faoliyatini oshirish, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur muhitni shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar ham bildirildi.

– Bunday ochiq muloqotlarni tashkil etishdan maqsad yoshlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, iqtisodiy bilimlarini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Paxtachi tumani Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari O‘.Hamrayev. – Tadbirda ishtirok etgan yoshlarning aksariyati  o‘z biznesini boshlash,  issiqxonalar, aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etishni niyat qilgan.

Muloqot davomida yoshlar “DON” qo‘shma korxonasidagi issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ahd qilgan yoshlarning aksariyati mutaxasislarga o‘zlarining biznes g‘oyalarini taqdim etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, biznes-reja tuzish,tijorat banklari tomonidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslari yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+