“Sirdaryo varaka chevarlari" MChJning 60 nafar ishchi-xodimlari partiya a’zoligini qabul qildi

21.08.2020, 17:21

“Sirdaryo varaka chevarlari

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostidagi navbatdagi bayram tadbiri  Oqoltin tumanida bo‘lib o‘tdi.

Ishchi guruh a’zolari tumanda joylashgan “Sirdaryo varaka chevarlari"  MChJga tashrif buyurishdi.

Shu yilning iyun oyida foydalanishga topshirilgan tikuvchilik korxonasi 120 o‘rinli ish o‘rniga ega. Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyatda bugungi kunda pandemiya tartib - qoidalariga amal qilingan holda 50 nafar qishloq ayollarining bandligi ta’minlangan. Chevarlar tomonidan tikilayotgan bolalar kiyim-kechaklari bugungi kunda Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda.

«Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori  ostida o‘tkazilgan partiyaviy targ‘ibot  tadbiri jonli, qiziqarli, savol - javoblarga boy bo‘ldi. O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi xodimlari hamda tadbir tashkilotchilari ishchi-xizmatchilarni bayram munosabati bilan qizg‘in qutlashdi.

O‘zining mehnati bilan vatanimiz ravnaqiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ilg‘orlar partiya viloyat Kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir asnosida partiya safiga o‘tish istagini bildirgan 60 nafar ishchi-xizmatchilar  partiya safiga qabul qilinib, korxona qoshida boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etildi.

Navbatdagi bayram tadbiri Boyovut tumanida ham tashkil qilindi.

Boyovut tumanidagi “ORZU TYeKSTIL “MChJ  korxonasi qoshidagi quyi bo‘g‘inga tashrif buyurildi. Tashkilotchilar tadbir davomida BPT a’zolarini bayram munosabati bilan tabriklab, partiyaning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Elyor Jo‘rayev,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash

bo‘limi bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    754
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+