Yoshlar parlamenti a’zolariga ishonch yorliqlari topshirildi
21.08.2020, 17:25
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Nafisaxon Elchiyeva Farg‘ona viloyatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga nomzodi ko‘rsatilib, saylangan a’zolar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar bandligini ta’minlash, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishni qo‘llab-quvvatlash xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda yoshlar kamoloti va yurt farovonligi yo‘lidagi intilishlari, o‘z hududlarida mavjud muammolarning yechimi borasidagi harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining a’zosi bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklanib, ularning kelgusi faoliyatlari davomida yoshlar sohasidagi qonun ijodkorligi, jamoatchilik nazorati hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy va siyosiy savodxonlikni yanada samarali targ‘ib qilishlari, O‘zLiDeP maqsad va vazifalarini hayotga tadbiq etishda katta hissa qo‘shishlariga ishonch bildirilib, partiya rahbarining Ishonch yorliqlari topshirildi.
- Tengdoshlarimizning muammolari, albbata, bu bizning ham muammoimiz. Uni birgalikda ijobiy hal etishga tayyormiz. Bu borada partiyamiz ham yaqin hamkordir, – deydi Yoshlar parlamenti a’zosi Mushtariybegim Qurbonova. – Biz, o‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlash yo‘lida astoydil harakat qilamiz va ishonchga loyiq bo‘lamiz.
Sh.TO‘XTAMATOV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi matbuot kotibi.
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Bildirilgan fikrlar
Shahnozahon2021-07-15 23:03:49
Juda ham yaxshi men ham O'zLiDEP a'zo bo'lmoqchiman