O‘zLiDeP deputati ko‘magida ikki mahallaning elektr tarmog‘i bilan bog‘liq muammosi hal etildi

24.08.2020, 14:45

O‘zLiDeP deputati ko‘magida ikki mahallaning elektr tarmog‘i bilan bog‘liq muammosi hal etildi

Andijon shahridagi “Namuna” va “Uyg‘urobod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi elektr tarmog‘idagi uzilishlardan charchagan. Yozniku amallab o‘tkazishadi, ammo yerga ayoz tushishi bilan barcha birdek bezillaydi. Sovuq kuchini ko‘rsatganida, elektr qulayliklaridan foydalanishga nima yetsin? Biroq bu qulaylik bo‘lmasa-chi?

-Oxirgi bir yillikda tarmoqdagi nosozlik kuchayib ketdi, - deydi “Namuna” MFY raisi Muhammadjon Qahhorov. -  Bir yildan beri bormagan mutasaddimiz qolmadi hisob. Lekin biri davlat dasturini ro‘kach qfilsa. yana boshqasi “xo‘p, hal qilamiz”dan nariga o‘tmaydi. Hatto sovuqning izg‘irinlarida ikkala mahalla ahli vakillari ko‘plashib mutasaddilar ostonasida navbat turishdi. Bahonalar bilan qaytib kelaverdik. Yaxshiyam. saylovda adashmagan ekanmiz. Diyorbek salomat bo‘lsin, muammoimizni juda tez fursatda ijobiy hal qildi.

MFY raisidan nima sababli avvalroq deputatga murojaat qilmaganlari boisini so‘radik. Ochig‘ini aytdi: “Avval sira deputatlar bilan ishlamagandik. Biror muammoni bartaraf etishiga ishonmasdik-da”!

Qarang, davr o‘zgardi. Chindan ham bugungi deputatning ko‘zlari yoniq, yuragida maqomiga fidoyilik bor. Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Diyorbek Abdusamatovga qilingan birgina murojaatning yeichimi kutib turmadi. andijon viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga yuborilgan deputatlik so‘roviga javob 10 kun muddatni talab qilmadi. GKTP transformator hamda 700 metr elektr havo tarmog‘i yangilandi.

Ikkita yondosh mahalladagi 4 ming nafar aholi mustahkam tarmoqqa ega bo‘ldi. Endi behadik qishni kutib olish mumkin!

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+