O’zLiDeP loyihalari doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 37 nafar ayollardan iborat yangi BPT tashkil etildi

24.08.2020, 14:53

O’zLiDeP loyihalari doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 37 nafar ayollardan iborat yangi BPT tashkil etildi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, xotin-qizlarni oilaviy va boshqa tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida O’zLiDeP tomonidan o‘tkazilayotgan bir qator istiqbolli loyihalar Jizzax viloyatida ham anchagina ommalashib ulgurgan.

- Koronavirus pandemiyasi sharoitida ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda  “Bunyodkor ayollar”, “Ishbilarmon ayol”, “ Sog‘lom oila – mustahkam oila” “Farovon oila” loyihalari doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda. Onlayn muloqotlarda viloyatdagi ko‘zga ko‘ringan tadbirkor va ijodkor ayollar, deputatlar hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro fikr almashmoqdalar, ko‘tarilgan mavjud muammolarga yechim topishga intilmoqdalar. Saxovatpesha tadirkor va fermer ayollarimiz kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda o‘zgalarga ibrat bo‘layotir - deydi O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi rahbari Shoira G‘ozibekova. –Karantin qoidalarining yumshatilishi hamda eng aziz va eng ulug‘ bayramimiz O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan deputatlar, hamkor tashkilot vakillari va faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari joylarda partiya loyihalariga oid tadbirlarni yana jonlantirib yubordik.

Jumladan, Zarbdor tumanidagi Musiqa va san’at maktabi majlislar zalida “Sen qudrat manbai, saodat  maskani jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “Mustakillikning bunyodkor ayollari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarda, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish orqali bugunning zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish haqida so‘z yuritildi. 

Tadbir davomida 2 nafar ayolga partiyaga a’zolik guvohnomasi topshirildi. Partiya a’zoligiga o‘tish istagida bo‘lgan 15 nafar ishtirokchilarning arizasi shakllantirildi va 4 nafar faol xotin-qizlarimiz zahiraga olindi.

“BETLIS TYeXTILYe” MChJ Bo‘ston filialida karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tashkillashtirilgan tadbirda ham partiyaviy loyihalarda ishtirok etish niyatida bo‘lgan ayollarning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari atroflicha o‘rganildi.

Mazkur tikuv korxonasi o‘tgan yili noyabr oyida ishga tushirilgan bo‘lib, bu yerda ayni paytda 350 nafar ayollar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldilar. Kattalar va bolalar uchun 100 dan ortiq turdagi kiyim-kechaklar tikayotgan chevar qizlar soni loyiha to‘la quvvat bilan ishga tushgach  600 nafarga yetishi kutilmoqda. Ayni paytda korxona mahsulotlari to‘la xorijga eksport qilinmoqda.

Tadbir davomida ishchi guruh a’zolari korxona faoliyati bilan tanishdilar, ayollarni o‘ylantirayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazdilar.

37 nafar partiya a’zoligiga qabul qilingan ayollarga a’zolik guvohnomlari tantanali ravishda topshirildi hamda O’zLiDeP faoli Zilola Karimova yetakchiligidagi yangi BPT tashkil etildi. Kelajakda “Ayollar qanoti” guruxi tomonidan partiyaviy loyihalar hamkorlikda o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Saida UMARALIYEVA

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    673
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Насирова Шаира Нармурадовна Кармана туман Кенгаши депутати2020-08-26 22:57:38

Ҳақиқатдан ҳам, коронавирус пандемияси шароитида ҳам карантин қоидаларига қатъий амал қилган ҳолда “Бунёдкор аёллар”, “Ишбилармон аёл”, “ Соғлом оила – мустаҳкам оила” “Фаровон оила” лойиҳалари доирасидаги тадбирлар мунтазам ўтказиб борилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+