Tomorqa ro‘zg‘orni obod qiladi

13.10.2017, 17:34

Tomorqa ro‘zg‘orni obod qiladi

Jomboyda tomorqasidan yaxshi daromad olib, ro‘zg‘orini to‘kin, turmushini farovon qilayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p.

O.Ahrorov ana shunday vatandoshlarimizdan biri. U 5 sotixli isiqxonasida pamidor, bodring, kortoshka va ko‘katlar yetishtirib keladi.

– Yaxshi mehnat qilsang, yerga mehr bersang, tomorqadan yiliga 3-4 marta hosil olish mumkin, – deydi O.Ahrorov. – Tomorqamizda yetishtirgan mahsulotlarimizni ro‘zg‘orimizdan orttirib, bozorga ham olib chiqyapmiz. Bu yil 8 mln. so‘m daromad ko‘rdik. Shuning uchun xonadonimiz obod, ro‘zg‘orimizda baraka bor.

Ta’kidlash joiz, bugun tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, issiqxona quraman degan odam uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Biroq ularga ko‘mak, tavsiya, maslahat berish kerak. Partiya tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari ana shu maqsad ro‘yobiga xizmat qilayotir.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1678
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+