Qonun loyihasiga olinayotgan takliflar – uning mukammal ishlab chiqishda muhim omildir

17.01.2018, 18:17

Qonun loyihasiga olinayotgan takliflar – uning mukammal ishlab chiqishda muhim omildir

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan   “Qabul qilinayotgan har bir qonun loyihasi saylovchilar, partiya elektorati, turli tabaqa va guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan atroflicha muhokama qilinishi, fraksiyalar ushbu masalalarda pritsipial pozitsiyasini namoyon etishi shart” mavzusida Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari, partiya elektorati vakillari ishtirokida amaliy-muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Zafar Xaniyazov va Qutlimurat Babashev ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini joylarda targ‘ib-tashviq qilish, unda belgilangan ustuvor vazifalarni ijrosini ta’minlash, davlatimiz rahbarining 2017 yil 12  iyuldagi  Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha partiya oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qounchilik palatasi Yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekistan Respublikasi qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishga qadar takomillashtirish yuzasidan takliflar olish maqsadida qonun loyihalari muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish yo‘lida jamiyatimizning har bir a’zosi o‘zining hissasini qo‘shishi talab etiladi. Shu bois ham, Prezidentimiz xalqimiz hayotiga taaluqli har bir qaror va  qonunni aholi bilan bevosita maslahatlashib, o‘zaro muloqot orqali qabul qilish mexanizmini joriy etdi. Zero, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+