O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda

07.09.2020, 14:50

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi deputatligiga tumandagi boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan ko‘rsatilgan nomzodlarning 15 nafari saylovda g‘olib bo‘lgani bejiz emas. Ular bugun ana shu ishonchni oqlab, xalqqa kamarbasta bo‘lmoqdalar. Tumandagi mavjud 52 ta boshlang‘ich partiya tashkilotida ayni vaqtda 3250 nafar safdoshimizning borligi quvonarli. Ammo yutuqlarga aldanmaslik kerak, yanada shijoat bilan ishlab, quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish, mudrayotganlarini uyg‘otish zarur.

Ayni maqsadlarni o‘zida ifoda etgan O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova rahbarligidagi ishchi guruhning tashrifi dastlab xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan samimiy uchrashuvdan boshlandi. Davra suhbatida xalq noiblarining BPTlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalari o‘rtaga tashlandi. Ochiq muloqot BPTlarga tashriflar bilan davom etdi.

“Yagona Sharq zamini” xususiy korxonasi 2011 yilda atigi 4 nafar ishchi bilan faoliyatini boshlagan. Bugunga kelib bu yerda mehnat qilayotganlar soni 46 nafarga yetdi. Sutni qayta ishlash va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ish olib borayotgan tadbirkorlik sub’ekti mahsulotlari ichki bozorda o‘z xaridorlariga ega. Tadbirkor Iftixor Jo‘rayev bir yilda 400-500 million sof daromad olayotganini mamnunlik bilan qayd etdi. Viloyatdagi 5 ta tumanda 260 ta savdo shohobchalari bilan shartnoma tuzilgan. Birgina sutni qayta ishlash yo‘nalishida 14 xil mahsulot el dasturxoniga tortiq etilmoqda.

Deyarli barcha ishchi-xizmatchilar korxona qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari. Ular siyosiy maydonning yangiliklariga, jarayonlarga befarq emasligi suhbatlarimizda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ishchi guruhning o‘rganishlari natijasida mazkur quyi bo‘g‘in faoliyati tajriba sifatida ommalashtirish uchun belgilandi.

Xonobod shahrida davom etgan o‘rganishlarda tumanda mavjud BPTlar atroflicha tahlil qilindi. Ish jarayonini qoniqaril tashkil qilolmayotgan quyin bo‘g‘inlar uchun namunali BPTlarda master-klass mashg‘ulotlari tashkil qilinishi ta’kidlandi.

“Dolomit” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi quyi bo‘g‘in 2017 yilda 12 nafar safdosh bilan faoliyatini boshlagan. Bugunga kelib ularning soni 60 taga yetdi, ammo bu o‘tgan yil sarhisobi uchun past ko‘rsatkich. To‘g‘ri, mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti namunali ishlaydi, siyosiy jarayonlarda yetakchi. Biroq a’zolar soni yanada ko‘paytirilsa, marralar yana-da yuqori olinadi.

“Ilhomjon-Inomjon” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti 2016 yilda 20 nafar a’zo bilan tashkil etilgan. Ayni vaqtda bu yerdagi safdoshlarimiz soni 65 nafarga yetgan. O‘tgan to‘rt yil davomida targ‘ibot ishlarida sustkashlikka bir qadar yo‘l qo‘yilganligi bois ko‘rsatkich yuqori bo‘lmagani bor gap.

-Albatta, o‘rganishlarimiz o‘zini oqlamoqda, - deydi partiya viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari, xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Diyorbek Abdusamatov. – Ayrim quyi bo‘g‘inlarimizda a’zolar safi kengaymagan, ayrimlarida safdoshlarimiz ko‘pu, ammo faoliyat jonlanmagan. Shuning uchun ham namunali boshlang‘ich partiya tashkilotlarini alohida rag‘batlantirib borishni kelishib oldik. Tajriba maktabi sifatida yuqori natijalarga erishayotgan quyin bo‘g‘inlarga “BPT ekskursiyasi”ni tashkil qilishni yo‘lga qo‘yamiz.

Ishchi guruhning mazkur tadbirlari joylarda davom etmoqda.

Muyassarxon UMURZAQOVA,    

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+