O'zLiDeP deputati ko‘magida eski ko‘prik ta’mirlab berildi
07.09.2020, 16:47
Muammoning katta kichigi bo‘lmaydi. Xo‘jayli tumani "Shag‘alako‘l" mahalla fuqarolar yig‘inida piyodalar o‘tadigan ko‘prik yomon ahvolga kelib qolgan. Ushbu muammoni bartaraf etishda fuqarorlar Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Yuldosh Matniyazovga murojaat qildi.
Deputat o‘z saylovchilarning muammosini qonun doirasida ko‘rib, o‘rganib chiqdi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovini jo‘natdi. Noibning deputatlik so‘rovi e’tiborsiz qolmadi.
Mazkur murojaat yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida qurilish materiallari kerakligi, uni olish uchun 20 mln so‘m miqdorida mablag‘ kerakligini aytdi.
Xalq vakili sarmoya masalasida tuman hokimi Jenis Yermashevga taklif xati bilan chiqdi. Tuman hokimligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ ajratildi. Natijada ko‘prikni qayta ta’mirlash uchun ishlar olib borildi.
– Hududimizda 978 ta xo‘jalik bor, 5 ming 43 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda, – deydi “Shag‘alako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qoblan Asamatdinov. - Ushbu mahallamiz hududini kesib turuvchi eski ko‘prikdan aholi va maktab o‘quvchilari foydalanib kelayotgan edi. Ushbu ko‘prik qo‘lbola usulda qurilgan bo‘lib, maktab o‘quvchilari foydalanishlari uchun yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Shuning uchun hududimizdan saylangan deputat Yu.Matniyazovga murojaat qildik. Murojaatimizni deputatimiz ijobiy hal qilib berdi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring