Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga O‘zLiDePdan saylangan deputatlarning malakasi oshirilmoqda

17.01.2018, 19:41

Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga O‘zLiDePdan saylangan deputatlarning malakasi oshirilmoqda

Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida deputatlarimiz haqida gapirib, islohotlarimiz samarasini oshirishda parlament, deputat va senatorlarning o‘rni va roliga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar.

Ayni kunlarda Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminar davom etmoqda. 

Mazkur o‘quv-seminarning birinchi bosqichida Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yakkasaroy, Yashnobod tuman Kengashlariga saylangan 72 nafar deputat ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasidan kelib chiqib, O‘zLiDePning ustuvor vazifalari va ularning ijrosi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati borasida ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar 4 guruhga bo‘linib amaliy mashg‘ulot olib borishdi. Mashg‘ulotlar davomida “Deputatning huquqlari va majburiyatlari”, “Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari”, “Deputatning ish rejasi”, “Deputatning saylovchilar oldida hisoboti” kabi mavzulardagi qizg‘in bahs-munozalar deputatlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. 

Tadbir yakunida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+