O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqdi

08.09.2020, 17:09

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqdi

Qarshi tumanidagi Beshkent shahrida joylashgan "NAFIS style" go‘zallik saloni boshlig‘i, O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli  Norjon Bag‘dayeva  tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, imtiyozli kredit asosida 20 dona tikuv mashinasi sotib olish, shu hisobdan uyda o‘tirgan 15 nafar xotin-qiz bandligi ta’minlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqdi.

Yaqinda N. Bagdayeva rahbarlik qilayotgan go‘zallik salonida bo‘lib o‘tgan “Bugunning tadbirkor ayoli” mavzuidagi davra suhbatida bu haqda fikr bildirdi. Hozirgi paytda 6 nafar uyda o‘tirgan ayol bandligini ta’minlagan va bu sa’y-harakatni yana davom ettirishga bel bog‘lagan tadbirkorning biznes loyihasini partiyaning Qarshi tuman Kengashi ijrochi kotibi F. Mustayeva, viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i G. To‘rayevalar ham qo‘llab-quvvatladilar.

-O‘zim ham uyda o‘tirgan ayollardan biri edim, - deydi N. Bag‘dayeva. – Ishni yakka tartibdagi tadbirkorlikdan boshlab, ayni paytda 6 nafar xotin-qizga doimiy ish o‘rni yaratdim. Endilikda yana 15 nafar uyda o‘tirgan xotin-qiz bandligini ta’minlash loyihasi bo‘yicha ish olib borayapman.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    563
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+