O’zLiDeP deputatlari Yestek qishlog‘idagi kam ta’minlangan oilalarga 20 qop un va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi

09.09.2020, 17:17

O’zLiDeP deputatlari Yestek qishlog‘idagi kam ta’minlangan oilalarga 20 qop un  va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi

Butun dunyoda kechayotgan og‘ir pandemiya yurtimiz aholisi uchun katta sinov davri bo‘lmoqda. Bunday sharoitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli holatlarning oldini olish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar va tarmoqlar, tadbirkorlik sub’ektlariga kafolatlangan imtiyozlar berildi.

Aholining ishsiz, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Bugungi sinovli kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat  ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatdan biri, – deydi O’zLiDeP faoli, “Arzыo‘”  fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva.  Bu kabi saxovat ishlari tumanlarda davom etmoqda.     

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlari ham kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash alohida e’tibor qaratib kelishmoqda. Yaqinda deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari “Jaңabazar” ovul fuqarolar yig‘inidagi “Yestek” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj  oilalarga 20 qop un va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    517
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+