“Sirdaryo golden fruits”da 10 ming tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgich quriladi

09.09.2020, 17:21

“Sirdaryo golden fruits”da 10 ming tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgich quriladi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash hamda Tadbirkorlik bo‘limi tomonidan “Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishda O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning o‘rni” mavzusida joylarda uchrashuv va davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. Mazkur mavzudagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri yosh tadbirkor Kozim Olimjonov rahbarlik qilayotgan “Sirdaryo golden fruits”da bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerak, Sirdaryo tumanidagi “Shirin” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “SIRDARYO GOLDEN FRUITS” MChJda 30 nafardan ziyod mahalliy aholi ish bilan band. Korxona yiliga 35 000 tonna dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega. “SIRDARYO GOLDEN FRUITS” o‘tgan yil 10 ming tonna dukkakli mahsulotni Eron, Afg‘oniston va Xitoyga eksport qildi.

- Dehqonlardan qabul qilingan dukkakli mahsulotlar korxona sexlarida saralanib maxsus polietilen qoplarda qadoqlanadi, - deydi korxona rahbari, yosh tadbirkor Kozim Olimjonov. -. Dastlabki yillar turli hajmdagi polietilen qopchalarni xorijdan keltirar edik. 2018 yilda korxonamiz polietilen qoplarni ishlab chiqarish uchun 1,5 million dollarlik loyihani amalga oshirdi. Xitoyning  Yond-Ming kompaniyasidan xarid qilingan uskuna yordamida yiliga 8 million dona polietilen qoplarni ishlab chiqaryapmiz.

Korxona yaqin kunlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan 10 ming tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgich kameralarini barpo etish ham rejalashtirilgan.

Tadbir yakunida yosh tadbirkor Kozim Olimjonovga O’zLiDePning “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Husan JABBOROV,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    626
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+