Deputat ko‘magida eng chekka qishloqqa toza ichimlik suvi keldi

10.09.2020, 17:27

Deputat ko‘magida eng chekka qishloqqa toza ichimlik suvi keldi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Xurshid Rahimov o‘z zimamasidagi mas’uliyatni chuqur his qilgan holda saylovchilar muammolarini o‘rganish va uni hal qilib berishda mutasaddi idoralar bilan xalq o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.

Masalan, deputatning bir kunlik faoliyatiga nazar tashlasak, u saylovchilar murojaati bo‘yicha Sayxunobod tumanidagi “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Namuna” qishlog‘i aholisi bilan muloqotda bo‘ldi. Saylovchilar bilan uchrashuv jarayonida aholi muammolarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha “Namuna” qishlog‘idagi 15 ta xonadonda suv ta’minoti mavjud emas. Bu uylarda istiqomat qiluvchi aholi suvni uzoq masofadan tashib kelib iste’mol qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra mutasaddi idora - tuman “Suvoqova” MChJ bosh muhandisi Baxtiyor Meliqulov ishtirokida mazkur hududga yangi suv quvuri yotqizilib, tez kunda aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladigan bo‘ldi.

Sayxunobod tumani “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi

7-sonli umumta’lim maktabining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sobir Hudoyberdiyev deputatga maktab hududida ichimlik suvi yo‘qligi, bu esa o‘z navbatida bir qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi va mazkur muammoni hal etishda ko‘mak so‘radi. S.Xudoyberdiyevning murojaati ham ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. Ya’ni, “Quriltoy” qishlog‘i suv minorasining eski qurilmasi (motori) yangisi bilan almashtirilib, maktabga toza ichimlik suvi chiqariladigan bo‘ldi. Mazkur mahallaning “Parpoto” qishlog‘ida ham toza ichimlik suvi muammosi borligi aniqlandi. Tuman “Suvoqova” MChJ bosh muhandisi B.Meliqulov  qishloqdagi suv minorasini ta’mirlash va aholini tez kunda toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Deputat aralashuvi bilan “Namuna”, ”Quriltoy”, “Parpoto” qishloqlari aholisi hamda 7-sonli umumta’lim maktabi suv bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

      Komiljon BURHONOV,

    O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhi

 bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    72
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+