Senator Xivada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi
10.09.2020, 17:31

Davlatimiz rahbari joriy yilning 20 avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratib, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida (“Yoshlar daftari”), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida (“Ayollar daftari”) ro‘yxatlari shakllantirilishi zarurligini, ularning har biri bilan manzilli ishlash kerakligini ta’kidlagan edilar.
Shu maqsadda senator Faroxat Sadullayeva tashabbusi bilan Xiva tumanidagi Dashyoq qishlog‘ida "Ayollar daftar"iga kiritilgan xivalik ishsiz va boquvchisiz ayollarning bandligini ta’minlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Xiva tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, tumandagi banklarning mas’ul xodimlar va 60 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
-3 nafar farzandim bor, - deydi Gulnora Atajanova. - Yolg‘iz onaman. Oliy ma’lumotim bo‘lmagani sababli ish topolmay qiynalayotgan edim. Bugun senator Faroxat opa bilan yaqindan suhbatlashdik, muammolarimizni bo‘lishdik. Tikuvchilik qilishni bilaman. Endilikda viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazining tikuvchilik kursiga qatnab, kelgusida uyda oilaviy tadbirkorligimni boshlash niyatidan.
Uchrashuv davomida 3 nafar xotin-qizga ishga joylashish uchun yo‘llanma berdi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri natijasida 15 nafar qizlarimiz viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil qilingan milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, go‘zallik saloni, milliy pishiriqlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qib, o‘zlarining tadbirkorligini boshlash istagini bildirishdi. Ularga qulay imkoniyat yaratish maqsadida senator tashabbusi bilan o‘quv mashg‘ulotlari shu mahallaning o‘zida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Senator uchrashuvlari joylarda davom etmoqda.
Nilufar DJABBAROVA,
O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi,
Siyosiy ta’lim sektori mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Partiyalararo Forumda gender masalalari muhokama qilindi
25.02.2021, 09:35
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda
16.09.2020, 17:36
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” seminarida samarqandlik 201 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgani ta’kidlandi
16.09.2020, 17:21
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi
15.09.2020, 15:29
-
Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
Fikringizni qoldiring