O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi ustuvor vazifalarni belgilab oldi

18.01.2018, 13:00

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi ustuvor vazifalarni belgilab oldi

O‘zLiDeP  Ustaviga ko‘ra bir yilda  ikki marta hududiy Kengash yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan. Shunga muvofiq, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashining VIII kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda Halq deputatlari Farg‘ona viloyati  Kengashidagi viloyat va tuman O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zLiDeP  Farg‘ona viloyati tumanlari Kengashi xodimlari, fermerlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va undan kelib chiquvchi viloyat partiya Kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashining 2017 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2018 yilga mo‘ljallangan amaliy harakatlar dasturi va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan tegishli xulosa chiqarib, partiya faoliyatida ham quruq hisobot berishdan voz kechib amaliy ishlarga va natijalarga asosiy e’tibor qaratishi, olib borilayotgan ishlarni xolisona tanqidiy tahlil etib, zarur chora-tadbirlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida  O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan asosiy vazifalar, shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan joriy yil 12 iyuldagi videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi doirasida berilgan muhim topshiriqlardan kelib chiqib, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi belgilangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

 A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+