642 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandimi?

14.09.2020, 17:23

642 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandimi?

Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari qatnashdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Ochilov davlatimiz rahbarining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqib, tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Ta’kidlandiki, tumanda 1923 ta kichik biznes sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 1852 tasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 avgust holatida 322 ta kichik biznes sub’ektlari yangidan tashkil qilindi.  Bugungi kunda tumandagi 274 ta korxona koronavirus pandemiyasi sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan. Bu 57 ta sanoat, 37 ta qurilish, 72 ta savdo, 21 ta transport, 1 ta mehmonxona, 6 ta sog‘liqni saqlash, 36 ta umumiy ovqatlanish, 8 ta ta’lim, 36 ta boshqa turdagi xizmat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tumanda joriy yilning yanvar-iyul oylarida 320 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, amalda 322 ta yoki reja 101 foizga bajarildi.

Tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari tomonidan bugungi kunga qadar 602 ta loyihaga 14 mlrd. 723 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada, 642 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

 Yig‘ilishda so‘zga chiqqan deputatlik guruhi a’zolari kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

O`zLiDeP  Buxoro viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+