Namanganda 137 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi

15.09.2020, 15:22

Namanganda 137 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi

Bugun O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi hamda Namangan shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda viloyat aholisi uchun  bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Namangan shahar hokimi Olim Isayev, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur yarmarkada viloyatimizdagi mavjud hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, korxona va tashkilotlar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Ko‘rgazmada Namangan shahri hamda viloyatimizdagi 11 ta tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 300 taga yaqin korxona va tashkilotlar 3815 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada 700 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib,  korxona va tashkilotlardagi mavjud ish o‘rinlari va ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Yarmarka yakunida shaharda joylashgan korxona va tashkilotlarga 137 nafar fuqarolar ishga joylandi.

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    481
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+