O’zLiDeP deputati boshqarayotgan korxona mahsulotlari 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda

15.09.2020, 15:26

O’zLiDeP deputati boshqarayotgan korxona mahsulotlari 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, pandemiya sharoitida jahon bozorlarida raqobat keskinlashib bormoqda. Bu holatda mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va an’anaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Davlatimiz tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga berilayotgan imtiyozlar va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan mexanizmlar natijasida bugungi koronavirus pandemiyasi davrida ham ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni asosiy qismini xorijiy mamlakatlarga eksportga yo‘naltiryapmiz, – deydi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, “Art Soft Holding” korxonasi rahbari G‘iyosiddin Babaxanov.

Korxonamiz tomonidan 2020 yilning o‘tgan 8 oyi davomida Rossiya, Belorusiya, Bolgariya, Ukraina, Qozog‘iston, Moldaviya, Turkiya va Xitoy davlatlariga qariyb 12 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘quv-trikotaj mahsulotlari eksport qilindi. Hozirgi kunda Polsha va Chexiya davlatlaridagi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek “Art Soft Holding” kompaniyasi va Yaponiyaning “Masui” kompaniyasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan uch tomonlama memorandumga ko‘ra, mahsulotlarimizni yangi bozorlarga olib kirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlanishi, birinchi navbatda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga, eksport geografiyasini kengayishiga va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga xizmat qiladi.

 Yulduz Yuldasheva, 

O'zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+