Tengdoshlarimizga ilhomlantiruvchi kuch bo‘lamiz

15.09.2020, 15:33

Tengdoshlarimizga ilhomlantiruvchi kuch bo‘lamiz

Yoshlar bilan ishlashda o‘ziga xos tizimga va yo‘nalishga ega bo‘lgan O’zLiDeP  tomonidan bizlar bilan yanada samarali ishlashning o‘ziga xos mehanizmi yaratilayotganligi quvonarli hol, albatta.

 “Parlamentda mening o‘rnim” “Yosh innovatsiyachi” va Diplom bilan biznesga” kabi loyihalari bilan yoshlar hayotiga kirib borgan partiyaning  “Yoshlar qanoti”  yangi  “Yo‘l xaritasi”ni yoshlar hayotiga joriy etish orqali yangicha yondashuv va uslublar yaratishiga ishonaman.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”da yoshlar uchun oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli qabul jarayonlari borasida so‘z yuritilishi ayni muddao bo‘ldi. Bu yosh avlodning nafaqat siyosiy dunyoqarashini o‘sishiga balki ijtimoiy sohada ham faolligini oshishiga xizmat qiladi. “Agar men deputat bo‘lsam” tanlovi “Yosh blogerlar klubi”ning tashkil etilishi hozirdanoq nomi bilan yoshlarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Biz “Yoshlar parlamenti” a’zolari tengdoshlarimizga ilhomlantiruvchi kuch bo‘lib,  partiyaning yangi “Yo‘l xaritasi” ni hayotga keng joriy etishda bosh-qosh bo‘lishimiz lozim.

Asliddin Abdurahmonov,

“Yoshlar parlamenti” a’zosi,

Dehqonobod tumanidan saylangan.

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+