“Xonadonma-xonadon: yoshlarga ko‘mak” tamoyili asosida yoshlar qiziqishlariga qanot beramiz!

15.09.2020, 17:00

“Xonadonma-xonadon: yoshlarga ko‘mak” tamoyili asosida yoshlar qiziqishlariga qanot beramiz!

Bugun yoshlarga berilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik zamirida ertangi kunning yorug‘ ishonchi, mustahkam poydevori mujassam. Har sohada yigit-qizlarning shijoati, g‘ayratini ko‘rib quvonyapmiz.

O’zLiDePning Yoshlar bilan ishlash masalasida olib borayotgan islohotlari ham ayni maqsadlarni qamrab olgani bilan e’tiborli. Siyosat maydonidagi yigit-qizlarning safi tobora kengayib borayotgani ham amaliy ifodasidir aslida. Xususan, bugungi kunda partiyaning Andijon viloyat Kengashi safidagi a’zolarning qariiyb 24 ming 102 nafarini, ya’ni 52,7 foizini yoshlar tashkil qiladi.

O‘tgan bir yil mobaynida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan tadbirlarimiz natijasida minglab yoshlarimizning bandligi ta’minlandi, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb etildi, xususiy bizneslarini boshladilar. Albatta, Yoshlar qanoti tashabbusi va ko‘maklari, deputatlarimizning beminnat sa’y-harakatlari bilan yuqori marralarga erishoqdalar.

Aslida har bir yutuqqa tanqidiy-tahliliy nigoh bilan qarashimiz kerak. Shunda yutuqlardan havolanmay, yangi-yangi marralar sari intilish ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, o‘tgan va o‘tayotgan vaqtda katta g‘alabalarga debocha ochdik, lekin oldimizda xali bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarimiz talay.

Birinchi navbatda ayni kunda umumta’lim maktablari bitiruvchilari sarhisobini olyapmiz. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoshlardan tashqari qolganlarining bandligi masalasida tizimli reja ishlab chiqyapmiz. Mazkur rejaga asosan “Xonadonma-xonadon: yoshlarga ko‘mak” tamoyili asosida ularning qiziqishlarini o‘rganamiz. Avvalo, partiya viloyat Kengashi qoshida Yoshlar qanoti tashabbusi bilan master-klass mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish harakatidamiz. Unga ko‘ra, bitiruvchilarning imkon qadar qamrab olganimiz bo‘yicha ishtiyoqlariga ko‘ra tadbirkorlikka o‘qitish darslarini tashkil qilamiz. Trenerlar ro‘yxatini viloyatning yetuk ishbilarmonlari, deputatlari va albatta, salohiyatli xodimlarimiz orqali shakllantirganmiz.

Oldimizda turgan keyingi dolzarb vazifa yoshlarimizning siyosiy bilimlarini oshirish masalasi. Bu borada joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishni rejalashtirdik. Ya’ni, siyosiy o‘quvlarni yoshlar markazlarida, o‘quv muassasalarida o‘tkazamiz. Bu bilan safdoshlar sonini ortishiga erishsak, ikkinchi tomondan kelajak deputatlarini tayyorlashga ko‘maklashamiz.

Yoshlar – kelajagimiz. Bugun ularga qaratilgan har qanday e’tibor ertaga mevasini berishi shubhasiz. Mehnat qilish kerak. Shundagina bugun qilgan sa’y-harakatlarimiz o‘zini oqlaydi. Yoshlarning o‘ziga barcha vazifani qo‘yib qo‘ymaslik kerak. Ularga suyanch bo‘lish bizning vazifamiz.

Elyorbek NIYAZOV,

 O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining

 yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

  • Ko'rildi
    77
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+