O‘zLiDeP Qorao‘zak tuman Kengashi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasini muhokama etdi

18.01.2018, 16:16

O‘zLiDeP  Qorao‘zak tuman Kengashi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasini muhokama etdi

O‘zLiDeP Qorao‘zak tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi “Shamshirgaron effekt” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2018 yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etishda – O‘zLiDePning roli” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda partiyaning tuman Kengashi xodimlari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq deputatlar tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, korxonada faoliyat yuritayogan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini joylarda targ‘ib etish, elektoratimiz safini yanada kengaytirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish, qolaversa, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

– Prezidentimiz Murojaatnomasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan uni yanada teranroq anglashimiz uchun zamin yaratadi, – deydi O‘zLiDeP Qorao‘zak tuman Kengashi apparat rahbari I.O‘mirbayev. – Murojaatnoma mazmun-mohiyatida, eng avvalo, xalq manfaati, inson manfaatlarining hamma narsadan ustun ekanligi qayd etilgan. Qolaversa, joriy yilga ana shunday nom berilishi bu partiya zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Qayd etish kerak, Murojaatnomada tadbirkorlik sub’ekti vakillarini ikki yilgacha tekshirmaslik taklifi tadbirkorlar uchun faoliyatini yanada kengaytirishga, yangi innovatsiya va texnologiyalarni olib kelishga, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etishga qulay sharoit va imkoniyat yaratadi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1388
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+