Andijon tumanida BPTlar faoliyati o‘rganildi

15.09.2020, 17:04

Andijon tumanida BPTlar faoliyati o‘rganildi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi o‘rganishlari Andijon tumanida davom etdi. Partiya Andijon tuman Kengashidagi mavjud xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi 13 nafar deputatning tashabbuslari talaygina.

Tumandagi 56 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti 3980 nafar safdoshimizni o‘z atrofiga birlashtirgan. Afsuski, quyi bo‘g‘inlardagi faoliyatni yaxshigina jonlantirish kerak. 15 ta faol BPTlar faoliyatini ommalashtirish maqsadga muvofiq. Qolganlaridagi mudroq kayfiyatni uyg‘otish vaqti keldi. Dastlabki davra suhbati davomida ishchi guruhdagi Ayollar qanoti, BPTlar bilan ishlash guruhi mas’ullari o‘z yo‘nalishlari yuzasidan zaruriy vazifalar va tavsiyalarini berdilar.

-Endi asosiy tayanchimiz boshlang‘ich partiya tashkilotlari ekanini targ‘ibot tadbirlari orqali namoyon etishimiz zarur, - deydi O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi apparat rahbari Hojimuhammad Xasanxonov. – Shuning uchun ham partiya viloyat Kengashi raisi rahbarligida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan BPTlarda o‘rganish asnosida kerakli tavsiya va maslahatlarni, amaliy ko‘maklarni berishga harakat qilyapmiz. Masalan, “Xalq banki” Andijon tuman filiali qoshidagi tayanch bo‘g‘ini 2017 yilda 20 nafar a’zo bilan tashkil topgan. Safdoshlar soni vaqt o‘tsa-da o‘zgarmagan. A’zolik badallari mana bir necha oydirki, umuman tushmayapti. Aniqlanishicha, bank tuman filiali rahbariyatining muntazam o‘zgarganligi sababli ushbu muammolar bartaraf etilmagan. Yangi rahbar bilan suhbatlashildi. Masalaga oydinlik kiritilib, ijobiy natijaga erishildi.

“Agro bank”ning tuman filialida ham shu muammo. Bu yerda quyi bo‘g‘inga 2017 yilda asos solingan. 30 nafar safdoshni birlashtirgan BPT o‘z davrida yaxshigina faoliyat yuritgan. Biroq yillar sinovida qoqilib qoldi. Faoliyat mudradi. A’zolik badallari so‘nggi olti oy davomida umuman tushmaganligi achinarli. Xo‘sh, bu yerda aybdor kim?

Keling, aybdorni izlashdan ko‘ra, muammoga yechim topib qo‘ya qolaylik. Shunisi ma’qulroq aslida. Partiya viloyat Kengashi raisi samimiy suhbatdosh va tashabbuskorlik qobiliyatlarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatdiyu, partiyaning, siyosiy maydonning imkoniyatlarini ochib tashladi – qo‘ydi! Bankning tuman filiali rahbari Umidjon Qodirov boshchiligida xodimlarning ixtiyoriy tashabbuslari qanot yozdi. Shu kunning o‘zidayoq barchasining safdoshlarimizga aylangani eng katta yutuq bo‘ldi. Mana, ish qanday natijador bo‘lishi kerak!

O‘rganishlar joylarda davom etmoqda.

Diyorbek ABDUSAMATOV,

O’zLiDePAndijon viloyat Kengashi

             BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    719
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+