Kosonlik yoshlar ochgan kooperatsiyaga 18 nafar ishsiz yigit a’zo bo‘ldi

16.09.2020, 17:18

Kosonlik yoshlar ochgan kooperatsiyaga 18 nafar ishsiz yigit a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Muborak tuman Kengashi raisi,  O`zLiDeP faoli Akmal Rahmonov  boshchiligida xayrli tashabbusga qo‘l urildi. Tuman yoshlari birlashib, "Jo‘rabek, Sardorbek parvozi" ishlab chiqarish kooperatsiyasiga asos solishdi. Hozirgi kunda bu  kooperatsiyaga 18 nafar uyushmagan yosh birlashgan va ularga 30 gektar suvli yer ajratilgan. Yoshlar kuchi bilan 30 gektar yerning hammasiga tabiiy iqlim sharoitiga mos donli ekin – tariq ekildi.

Yer olgan yoshlar g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda. Xususan, ularning kuchi bilan ekinlarni sug‘orish uchun 250 metr masofaga beton lotoklar yotqizildi. 300 metr ariq tozalanib, suv chiqishi uchun tayyor holga keltirildi.  Suv chiqarish mo‘ljallangan elektr nasos o‘rnatildi. Nasosni ishlatish uchun qariyb bir kilometrga yaqin masofadan beton ustunlar orqali elektr simlari tortib kelindi. Bu sa’y-harakatlarning samara berishiga yoshlar ishonishmoqda. Bu ishonch esa ularga kuch-quvvat va ishtiyoq bag‘ishlamoqda.

Akmal Rahmonovning aytishiga ko‘ra, kelgusida bu xayrli ishlar davom ettirilib, tumanning boshqa hududlarida ham  yoshlar ishtirokida xuddi shunday kooperatsiyalar tashkil etiladi.

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    79
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+