O’zLiDeP “Ayollar qanoti” seminarida samarqandlik 201 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgani ta’kidlandi
16.09.2020, 17:21

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari va ularni bartaraf etish vazifalari” mavzusida onlayn videokonferensiya o‘tkazildi.
Bugungi pandimeya davrini inobatga olgan holda joylarda xotin-qizlarlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq holatlarning sezilarli darajada oshgan. Joriy yilning yetti oyi davomida respublika bo‘yicha 3592 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderlari berilib, shundan Samarqand viloyatida 201 nafarni tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligini yosh oilalar tashkil etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni 13 mingdan ortiq bo‘lib, ajrimlar natijasida esa joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha 11 ming nafardan ortiq voyaga yetmagan bola ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lgan.
Seminarda so‘z olganlar respublika bo‘yicha qayd etilgan nizoli oilalar soni 12 ming 931 tani tashkil etib, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lgan viloyatlar orasida Samarqand viloyatining ham borligi (1454ta), mazkur holatlarning oldini olish borasida barcha hamkor tashkilotlar, mutasaddilar hamkorlikda ish olib borishlari kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi va kerakli vazifalar belgilab olindi.
O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Partiyalararo Forumda gender masalalari muhokama qilindi
25.02.2021, 09:35
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda
16.09.2020, 17:36
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi
15.09.2020, 15:29
-
Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
-
Senator Xivada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi
10.09.2020, 17:31
Fikringizni qoldiring