O‘zLiDeP hududiy Kengashi Qashqadaryoda bepul tibbiy yordam tashkil etdi

18.01.2018, 16:29

O‘zLiDeP hududiy Kengashi Qashqadaryoda bepul tibbiy yordam tashkil etdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faollari va deputatlar tomonidan vohaning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan muloqotlar tashkil etilyapti. Muloqotlar davomida ayollarni qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib, bartaraf etish borasida zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatish borasida qator ibratli ishlar qilinmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat va Qarshi tuman Kengashi faollari tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” shiori ostida tumandagi ko‘p tarmoqli shifoxonada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir davomida malakali tibbiyot xodimlari 200 ga yaqin keksalar, yosh bolalar va xotin-qizlarning salomatligini nazoratdan o‘tkazishdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

– O‘zLiDeP tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilganligidan xursand bo‘ldim, – deydi “Bodomzor” mahallasida yashovchi Ozoda Qurbonova. – Tibbiy ko‘rikka farzandimni ham olib keldim. Mutaxassislar ikkalamizni ham tibbiy muolaja olishimiz kerakligini aytib, shifoxonaga yo‘llanma berishdi. Beg‘araz g‘amxo‘rlik uchun partiya rahbariyatidan minnatdormiz.

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Gulbahor To‘rayevaning aytishicha, bunday tibbiy ko‘riklar vohaning barcha tumanlarida tashkil etiladi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1485
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+