Oziq-ovqat xavfsizligi – farovonlik manbai

18.01.2018, 16:57

Oziq-ovqat xavfsizligi –  farovonlik manbai

So‘nggi yillarda agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yanada ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha  muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.  

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mus­tahkamlash,  ekologik toza mahsulotlar yetishtirishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish, ehtiyoj mavjud bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilish birinchi navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilangan.

Bundan tashqari Farmonda ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida bir qator cheklovlar olib tashlanadi. Masalan, 2018 yil 1 fevraldan boshlab  oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar beriladi.

Bu esa ularga xorijdan mamlakatimizda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahsulotlarni import qilish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari turlarini bilan to‘ldirish, xorij bozorlariga kirishda keng sharoitlar yaratish,  shartnomalar tuzish, import qilingan mahsulotlarni tashish va saqlashda ko‘maklashish bo‘yicha imtiyozlar beradi.  

Yusupova Xamida,

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashi deputati,

 “Hamida Yusupova” fermer xo‘jaligi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    4029
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+