Prezidentimiz farmoni xorazmlik fermer ayollar ko‘nglida shukronalik uyg‘otdi

18.01.2018, 17:19

Prezidentimiz farmoni xorazmlik fermer ayollar ko‘nglida  shukronalik uyg‘otdi

Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning kuni kecha qabul qilgan “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni butun bir O‘zbekiston xalqi uchun, shu jumladan, fermer ayollarning ham ayni dilidagi gap bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bozorlarimizda oziq-ovqatning sifatli va arzon bo‘lishi, dasturxonlarimizning to‘kin-sochin bo‘lishiga, shu bilan birga, sifatli oziq-ovqat istemol qilish xalqimizning sog‘ligini mustahkamlashda ham juda katta yordam beradi.

Bugungi kunda bir qancha davlatlarda oziq-ovqat taqchilligi tufayli ko‘pgina urush, nizolar kelib chiqayotgan bir paytda, tinch O‘zbekistonimizni bundan-da yaxshi yashashi uchun, xalqimiz farovonligi uchun Prezidentimizning bunday Farmon va qarorlarning qabul qilinishi  har bir O‘zbekiston fuqarosi qalbida yana bir bor shukronalik tuyg‘usini uyg‘otadi.

Shu bilan birga endilikda ushbu Farmonda belgilanganidek oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilingani, nosog‘lom raqobatning oldi olingani partiyamiz elektorati bo‘lgan fermer va tadbirkor ayollarimizga o‘z faoliyatlarini yanada samarali yuritishlariga va ko‘proq natijaga erishishlariga juda katta yordam beradi.

Musharraf Raximova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi

o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1971
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+