Deputatlarning xayrli tashabbuslari

18.01.2018, 17:42

Deputatlarning xayrli tashabbuslari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qahramon Ergashev va Gulshana Xudoyorovalar bilan Qashqadaryo viloyat Mirishkor tumani saylovchilari bilan uchrashuvlarda murojaatlarning aksariyati bandlikni oshirish, aholini ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash, maktablarda o‘quvchilarning bilim olishlari uchun sharoit  yaratish  borasida bo‘ldi. Deputatlar tumandagi Mirishkor, Oqmachit, Obodon, Yangi Mirishkor, Qumbangi, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi muloqotlarda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar haqida so‘zlab berishdi.

Deputatlar tashabbusi bilan 2,- 4,-, 5-, 25-maktablarda mahalla faollari va ota-onalar ishtirokida hashar tashkil etilib, maktablar atroflari obodonlashtirildi, to‘planib qolgan chiqindilar tashib chiqarildi, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Sinfxonalarni isitish uchun qattiq yoqilg‘i yetishmasligini oldini olish maqsadida maktab omborxonalarida to‘planib qolgan ko‘mir kukunlari maxsus texnologiya yordamida brikit ko‘mirga aylantirib berildi.

- Ko‘p yillardan buyon o‘zim qurgan uy-joyimda yashasam-da, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muammoligicha qolayotgan edi, - deydi “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi fuqaro Oybek Boboyev. – Bu haqda ko‘p joylarda murojaat qilsam-da, hech qanday amaliy natijaga erisha olmagan edim. Deputatlarimizga murojaatimdan so‘ng, ularning ko‘magi bilan mening uyim ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Buning uchun partiya faollari va deputatlardan minnatdorman. Bahorga qadar mahallamizga oqova suv keltirish hamda tomorqalarimizga ziroat yetishtirish baxtiga muyassar bo‘lishimiz barchamizni quvontirdi. Nazarimda bunday muloqotlar tez-tez tashkil etilishi kerak. 

Obodon qishloq vrachlik punktidagi fizioterapiya xonasining isitilmasligi shifotalab fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ekan. Homiylarga ko‘magida bu yerga yangi pech o‘rnatilib, qattiq yoqilg‘i zahirasi yaratib berildi. 17-bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari yaratilgan qulaylikdan mamnun bo‘ldilar. Maktabgacha ta’lim muassasasi uchun yangi gaz plita va gaz ballonlari olib berildi. 

-Saylovchilar bilan muloqotlarimizda tumanda to‘planib qolgan ko‘plab muammolarga yechim topishga  harakat qildik, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qahramon Ergashev. – Qisqa fursat ichida 211 ta xonadonni borib ko‘rdik. Tomorqalardan samarali foydalanib, katta daromad olayotgan oilalarni ko‘rib, qalbimiz quvonchga to‘ldi. Ammo ayrim  oilalarda oqova suv yo‘qligi bois tomorqalarga ekin ekmas ekanlar. Ularni suv bilan ta’minlash borasida tuman hokimligi mutasaddilari bilan kelishib oldik. 25 ta korxona va tashkilotlarda bo‘lib, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qildik. Bugungi kunda Mirishkor tumanida 120 mingdan ortiq aholi istiqomat qilar ekan. Asosiy e’tibor tumanning ichki imkoniyatlarini ishga solish, lalmi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar ijrosiga qaratiladigan bo‘ldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qvhramon Ergashev va Gulshana Xudoyorovalarning mirishkorlik saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.  

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1727
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+