Vobkentda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

25.09.2020, 15:53

Vobkentda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Vobkent  tumandagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zLiDeP tuman Kengashi “Yoshlar qanoti”ning navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada tashkilotning o‘tgan yillar davomidagi faoliyati  yuzasidan hisoboti tinglandi va kelgusida partiya tashkiloti oldida turgan yoshlarning innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmga, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yurtimizda kechayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish singari kechiktirib bo‘lmas dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Konferensiyada yoshlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, Jamoatchilik a’zolari va partiya faollari ishtirokida muhokama qilindi.

Tadbirda O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi konferensiyasiga ishtirok etadigan delegatlar saylab olindi.  Konferensiya so‘ngida partiya safiga yangi qabul qilingan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    510
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+