O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

25.09.2020, 16:05

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tashkillashtirilgan va partiya “Yoshlar qanoti” faollari, yangi tashkil etilgan “Yoshlar parlamenti” a’zolari, deputatlar, elektorat vakillari ishtirokidagi mazkur tadbir amaliy ruhda o‘tganligi, nafaqat tanqidiy fikrlar, balki aniq taklif va mulohazalarga boyligi bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Anjumanda dastavval, O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi  raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Shukurovning hisoboti eshitildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari safida  3645 nafar a’zolar bo‘lib, ularning 2248 nafari  yoshlar hisoblanadi.

“Yoshlar qanoti” ning o‘tgan davrdagi faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak bir qator e’tiborga loyiq ishlarni ta’kidlab o‘tsa arziydi. Birgina misol, istiqbolli loyihalaridan biri “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Jizzax  shahar bosqichiga 25 nafar kollej va akademik litsey o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan qatnashib, 3 nafar yosh ixtirochilar, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu yoshlar 1 yillik stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Joriy yil tashkil etilgan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga ham saylovlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Quvonarlisi, 5 ta siyosiy partiyalar shahar Kengashlari orasida partiya shahar Kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod bu saylovda g‘olib, deb topildi.

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi ijrochi kotibi Nursulton Hosilmurodov yig‘ilganlar e’tiborini, “O‘zLiDeP kutubxonalari”ni tashkil etish, adabiyot namunalarini ko‘paytirish, shuningdek, partiyaning “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi doirasidagi “Agar men deputat bo‘lsam” Respublika tanlovida faoli ishtirok etish, “Yosh innovatsiyachi” stipendiyasi tanlovi va “Yosh blogerlar klubi”ni tashkil etish masalalariga qaratdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ijrosini ta’minlashda “Yoshlar qanoti” guruhi faollarining ishtirokini yanada oshirish to‘g‘risida ham taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.

Anjuman davomida shuningdek, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari Abulaziz, Muhabbat Adilovalarning ma’ruzalari tinglandi. Deputatlar va “Yoshlar qanoti” guruhi faollarining hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbir so‘ngida tashkiliy masalalar ham muhokama qilinib,  partiya viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi Konferensiyasiga delegatlar saylab olindi.

Xolmat To‘rayev,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+