Qarshi shahrida O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Jamoatchilik Kengashi tuzildi

25.09.2020, 17:12

Qarshi shahrida O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Jamoatchilik Kengashi tuzildi

O`zLiDeP Qarshi shahar Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov konferensiyasida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi hamda kelgusida bajarilishi mo‘ljallangan vazifalar belgilab olindi.

Unda ta’kidlandiki, “Yolar qanoti” tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga ba’zi qamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.  Xususan,  yoshlar ichiga chuqur kirib borish, tadbirkorlikni boshlagan va ba’zi sun’iy to‘siqlarga uchragan yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandlik ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda “Yoshlar qanoti”ning Jamoatchilik Kengashi tuzildi va Kengash raisi, o‘rinbosari hamda 15 nafar a’zosi tasdiqlandi.

Konferensiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

  O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+